Yangi koʻprik foydalanishga topshirildi
Andijon viloyati Izboskan tumani Qorayantoq va Choʻrtonliq mahallalari hududidagi Tentaksoy ustiga yangi koʻprik qurilib, foydalanishga topshirildi.
Maʼlumotlarga koʻra, hududdagi 9 ming nafar fuqaroning uch asrlik orzusi boʻlgan mazkur koʻprikning uzunligi 72 metr, eni esa 7,76 metrni tashkil etadi. 80 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega.
Loyihaning umumiy qiymati 2 milliard 250 million soʻmni tashkil etgan koʻprikni Andijon avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi tasarrufidagi koʻpriklardan foydalanish unitar korxonasi ishchilari bunyod etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring