Yangi yil bayramiga munosib sovgʻa boʻldi
Shahrixon tumanida 2-tugʻruq majmuasi binosining foydalanishga topshirilishi Yangi yil bayrami oldidan munosib sovgʻa boʻldi. “Ixtisoslashgan Shahrixon qurilish” MCHJ tomonidan 5 mlrd. 587 mln. soʻm mablagʻ evaziga bunyod etilgan binoda barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, eng soʻnggi tibbiyot jihozlari bilan taʼminlandi.

- Farzandlarimiz kamolotiga boʻlgan eʼtibor tugʻruqxonaga boʻlgan eʼtibordan boshlanadi, - deydi mehnat faxriysi Azizaxon Xolmatova. –Boisi, bu yerdagi qulay sharoitda dunyoga kelgan farzandlar albatta, jismonan baquvvat va aqlan teran shaxslar boʻlib yetishadilar. Shu nuqtayi nazardan, ushbu majmuani eng zamonaviy maskanlardan biri, deyish mumkin.
Tugʻruq majmuasi bir paytda 75 nafar onalarga xizmat koʻrsatadi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring