Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi
Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 7-9-iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 7-8-iyulda 18-23 daraja, 9-iyulda 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 7-iyulda kechasi 25-30 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 8-iyulda kechasi 25-30 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 9-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 7-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja, 8-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 9-iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 7-8-iyulda 25-30 daraja, 9-iyulda 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat 7-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 8-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 33-38 daraja, 9-iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-8-iyulda 17-22 daraja, 9-iyulda 15-20 daraja, kunduzi 7-iyulda 28-33 daraja, 8-9-iyulda 25-30 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring