Yangi bogʻcha yangi muvaffaqiyatlarga yoʻl ochadi

17:20 30 Yanvar 2024 Jamiyat
365 0

Urgut tumanining Gʻijduvon mahallasida yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan mazkur MTT oʻz bagʻriga 100 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni sigʻdira oladi. Barcha qulayliklarga ega yangi maktabgacha taʼlim maskanida kelajagimiz vorislari uchun zamon talablarga mos shart sharoitlar yaratilgan. Jumladan, binoda mashgʻulot xonasi va yotoqxona, mudira xonasi, hamshira xonasi, oshxona, musiqa zali mavjud. Shuningdek, MTT da yozgi ayvonchalar hamda bolalar oʻyin maydonchalari tashkil etilgan.

— Samarqandda kelajagimiz vorislari boʻlmish yosh avlodni bogʻchalarga jalb etish yoʻlidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda, — deydi viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Gʻayrat Boboxolov. — 2024-yilda viloyatda 3—7 yoshli bolalar qamrovini 70,6 foizdan 71,6 foizga yetkazish koʻzda tutilgan. Buning uchun 8 ta davlat, 5 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 325 ta oilaviy nodavlat MTTlar tashkil etilib, jami 12 614 ta oʻrin yaratiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер