Yangi binoda ishlash va oʻqish maroqli

11:10 30 Sentyabr 2019 Jamiyat
1098 0

Arxiv foto

1-oktyabr – Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni arafasida Buxoro davlat universitetining filologiya fakulteti jamoasi zamonaviy oʻquv binosiga ega boʻldi.

Sobiq axborot texnologiyalari kolleji inshooti “Integral stroy servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 1 milliard 510 million soʻm mablagʻ evaziga rekonstruksiya qilinib, ushbu fakultet ixtiyoriga topshirildi.

-Biz uchun bu qoʻshaloq bayramga aylandi,-deydi fakultet dekani, filologiya fanlari doktori Dilshod Rajabov.-Shinam, keng va yorugʻ xonalarda mashgʻulotlar oʻtishning gashti boʻlakcha.Auditoriyalarimiz zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.Buxorodagi oliy oʻquv yurtlari orasida biz birinchi boʻlib elektron doskalar va boshqa innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda dasturlashgan saboqlarni yoʻlga qoʻymoqdamiz.Bularning barchasi malakali, bilimli, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashimizda qoʻl keladi, albatta.

Ayni damda fakultetda 1200 nafarga yaqin talaba saboq olyapti.Bu oʻtgan yildagiga qaraganda 200 nafarga koʻp.Talabalarga oʻnga yaqin fan doktori, professor, 26 nafar fan nomzodi oʻzbek, rus, tojik tili va adabiyotidan chuqur saboq beryapti.Shu dalilning oʻziyoq mazkur fakultetning ilmiy salohiyati yuqori ekanligini koʻrsatadi.

Istam IBROHIMOV,

(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер