Yana bir qitʼada koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi

16:10 25 Dekabr 2020 Dunyo
1185 0

24-dekabr kuni Meksika, Chili va Kosta-Rikada koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.

Shunday qilib, Janubiy Amerika aholisi koronavirusga qarshi emlashni boshlagan qitʼalardan biriga aylandi. Uchala davlatda ham “Pfizer” va “BioNTech” kompaniyalari preparatidan foydalaniladi. Maʼlum boʻlishicha, Meksika hukumati 2021-yilning birinchi choragi oxiriga qadar barcha tibbiyot xodimlarini emlashni rejalashtirmoqda.

Yaqin kunlarda Argentinada ham koronavirusga qarshi emlash boshlanishi kutilmoqda. Argentina Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. 24-dekabr kuni mamlakatga 300 ming doza preparat keltirilgan.

Argentina hukumati 23-dekabrda Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini roʻyxatdan oʻtkazdi. Bungacha mamlakat rahbarlari 10 million doza “Sputnik V” vaksinasini olish toʻgʻrisida shartnoma imzolaganlar. Argentina prezidenti Alberto Fernandesning soʻzlariga koʻra, u vaksinani birinchi boʻlib qabul qiladi. Shuningdek, Alberto Fernandes preperat sifatiga shubha qilmasligini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер