Yana bir mamlakatda koronavirus yetib bordi
Foto: Reuters
Trinidad va Tobagoda COVID-19 koronavirusi bilan bogʻliq birinchi holat qayd etildi.
Bu haqda Trinidad and Tobago Guardian gazetasi mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Terrans Deyalsingx tayanib xabar tarqatdi.
Rasmiy shaxs maʼlumotiga koʻra, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan 52 yoshli erkak 9-mart kuni Shveysariyadan qaytib kelgan.
Terrans Deyalsingx, infeksiya yuqtirgan odam kasallikning yengil shakliga ega. Shu bois u oʻz uyida karantin qilinadi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha esa koronavirus infeksiyasi 131 851 kishida aniqlangan. Kasallikni yuqtirib olgan 4948 kishi hayotdan koʻz yumgan.
Virus tarqalishi boshlangan Xitoyda infeksiyani yuqtirish holatlari keskin kamaygan. Xususan, soʻnggi bir sutkada bu yerda sakkizta yangi holat aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring