Yana bir mamlakat koronavirus ustidan gʻalaba qozondi

12:42 15 May 2020 Dunyo
1282 0

Foto: lenta.ru

Mavrikiyada 17 kun davomida birorta ham koronavirus bilan kasallangan bemor aniqlanmadi. Bu esa mamlakat kasallikni taslim qilganini anglatadi, deya xabar bermoqda The Jakarta Post.

“Biz xalqimiz bilan birgalikda bu kurashda gʻolib chiqdik”, — dedi mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Kaylesh Yagutpala. Mavrikiyada kasallikka qarshi kurash vaqtida oʻta qatʼiy karantin holati joriy etilgan boʻlib, chegaralar yopildi va hatto supermarketlar ham ishlamadi.

Garchi kasallik yoʻqolgan boʻlsa ham mamlakat qatʼiy cheklash qoidalaridan voz kechmoqchi emas. Jamoat joylari, sohil boʻyi va maktablar yopiqligicha qoladi.

Mavrikiyada umumiy hisobda 332 kishida kasallik aniqlangan boʻlib, 10 nafar bemor hayotdan koʻz yumgan va qolgan barcha tuzalib ketgan.

Avvalroq, Tailandda ham koronavirus chekingani nixabar qilgan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер