Yana “Artel” muammosi...
Angrenlik Botirbek Qambarov “Navoiy” koʻchasidagi doʻkonlarning biridan “ARTEL XS-293 RN METALLIK” rusumli muzlatkichini 2 360 000 soʻmga xarid qilib olgan. Oz fursatda muzlatkich nosozligi maʼlum boʻlgan. Bundan norozi boʻlib, doʻkonga murojaat qilganlarida, tuzatish uchun servis kompaniyaga bogʻlanishlarini bildirib, oʻzlaridan soqit qilgan.
Ushbu masalaga yechimini topish maqsadida sarson- sargardon boʻlgach,Botirbek Qambarov umid bilan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib, muammosini aytadi.
Ushbu holat federatsiya xodimlari tomonidan oʻrganildi. Holat aniqlangach, uch kundan soʻng mutasaddilar isteʼmolchi bilan “Navoiy” koʻchasidagi doʻkonga kelib, ishdan chiqqan muzlatkichning oʻrniga xuddi shu rusumdagi yangi muzlatkichni tekshirib, almashtirib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring