Yamanda bir guruh qurollangan shaxslar BMT xodimlarini oʻgʻirlab ketishdi
Foto: aa.com.tr
Yamanda shanba kuni BMT gumanitar tuzilmalaridan birining olti nafar xodimi, jumladan bir nafar xorijlik oʻgʻirlab ketildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Yemen News” portaliga koʻra, ular mamlakat janubidagi Abyan viloyatida Adan shahriga qaytayotganda bir guruh qurollangan kishilar tomonidan qoʻlga olingan. Ular bilan birga ularga hamrohlik qilayotgan harbiy politsiya askarlari nomaʼlum tomonga olib ketilgan.
Taxminlarga koʻra, ekstremistlar avvalroq Janubiy oʻtish kengashi (JTK) kuchlari tomonidan hibsga olingan sheriklariga garovga olinganlarni almashish boʻyicha muzokaralar olib bormoqchi. JTK allaqachon mintaqada faoliyat yuritayotgan jangarilarni, jumladan “Al-Qoida” terrorchilarini qoʻllab-quvvatlovchi “Musulmon birodarlar” xalqaro uyushmasini ushbu hodisaga aloqadorlikda ayblagan.
BMT vakillari gumanitar vaziyatni oʻrganish uchun ish safari bilan Abyan viloyatiga borishgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring