Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini oʻtkazish tartibi va spetsifikatsiyasi tasdiqlandi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
9-sinf oʻquvchilari 4 ta fandan imtihon topshiradi:
- Ona tili va adabiyot, 1-iyun — yozma (180 daqiqa, 10 ta savol);
- Matematika, 4-iyun — yozma (180 daqiqa, 20 ta savol);
- Oʻzbekiston tarixi, 8-iyun — yozma + ogʻzaki (180 daqiqa, 5 ta savol);
- Jismoniy tarbiya, 1–6-may — amaliy.
11-sinflar 3 ta majburiy + tanlov fanlardan imtihon topshiradi:
- Ona tili va adabiyot, 2-iyun — yozma (180 daqiqa, 15 ta savol);
- Oʻzbekiston tarixi, 9-iyun — yozma (180 daqiqa, 20 ta savol);
- Matematika, 5-iyun — yozma (180 daqiqa), asosiy — 20 ta savol, chuqurlashtirilgan — 25 ta savol. Chuqurlashtirilgan tanlansa — 1 ta tanlov fan, asosiy tanlansa — 2 ta tanlov fan.
Maʼlumot uchun, tanlov fanlarini sinf emas, har bir oʻquvchi oʻzi mustaqil tanlaydi. Tanlov fanlar oldindan ariza orqali belgilanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring