Yakkasaroyda mast holda sigaret chekib uxlab qolgan 78 yoshli fuqaro yongʻin natijasida halok boʻldi

10:48 15 Yanvar 2020 Jamiyat
1339 0

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida bir fuqaro halok boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd qilinishicha, 14-yanvar kuni soat 03:10da, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli koʻchasi 30-uy 12-xonadonda uy jihozlari 2 kv.m. maydonida yongan. Yongʻin-qutqaruv jangovar boʻlinmalari chaqirilgan manzilga soat 03:15da yetib borgan va koʻrilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yongʻin soat 03:33da bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida 78 yoshli erkak kishi halok boʻlgan.

Yongʻin mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir boʻlgan, deb taxmin qilinmoqda. Yongʻindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yongʻin joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер