Yakkabogʻ hokimi 311 mln soʻmlik “Kaptiva” xarid qilmoqda
Yakkabogʻ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev 311 mln. soʻmlik “Kaptiva” xarid qilmoqda. Avtomashinani xarid qilish masalasi Xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasida deputatlar tomonidan tasdiqlangan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar berdi.
Xarid qilishga sabab qilib, 2014-yilda ishlab chiqarilgan, hozirda yaroqsiz holga kelib qolgan “Jentra” xizmat mashinasi koʻrsatilgan.
“Savol tugʻilishi tabiiy: Yaqinda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida tuman va shahar hokimlari xizmat avtotransportining eng yuqori narxi - BHMning 1000 baravari (245 mln. soʻm)dan oshmasligi aytilgan. Nega 311 million?
Ushbu qarorning 1-ilovasida “Borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlar hokimlari uchun xizmat avtotransport vositasini xarid qilishda dvigatelning eng yuqori quvvati 3 000 sm3 gacha oshirilishiga ruxsat etiladi”, deya qoʻshimcha qilib ketilgan. Yakkabogʻ tumanining 62.7 foiz maydoni togʻli hududlar hissasiga toʻgʻri keladi. Shu sababli, “Kaptiva” avtomashinasi xarid qilish qonunga zid emas, deb topilgan», deydi u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring