Yaxshi xabar: Dunyoda soʻnggi uch haftadan buyon koronavirus yuqtirganlar soni kamaymoqda — JSST

17:02 02 Fevral 2021 Dunyo
993 0

Dunyoda koronavirus infeksiyasining yangi yuqtirish holatlari ketma-ket uchinchi haftadadirki kamayib bormoqda.

Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, “ushbu quvonchli yangilik” koronavirusni “hozirgi kunda paydo boʻlgan yangi shtammlarini ham nazorat qilish mumkinligini” koʻrsatmoqda.

“Ushbu holat koronavirusga qarshi choralarni koʻrishni davom ettirish orqali infeksiya tarqalishining oldini olish mumkinligini koʻrsatmoqda”, deydi Gebreyesus.

JSST maʼlumotlariga koʻra, 28-yanvar kuni dunyoda ushbu infeksiyani yuqtirganlar soni 100 millionlik “dovon”dan oʻtib ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер