Yaylovlarni baholash bo‘yicha raqamli ma’lumotlar bazasi yaratildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yaylovlaridan samarali foydalanish hamda ularni muhofaza qilish uchun yangi, noyob raqamli ma’lumotlar bazasi ishga tushirildi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti Geobotanika laboratoriyasi olimlari tomonidan davlat dasturi doirasida yaratilgan ushbu raqamli ma’lumotlar bazasi Qoraqalpog‘istonning 93 foiz yaylov hududini qamrab olib, 168 ta yaylov xilini 21 ta mezon asosida baholash imkonini beradi.
Yaylovlar va ularning xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar qurg‘oqchil yerlarda chorva mollarini sog‘lom va samarali boqishni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu baza esa yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish va ekologik barqarorlikni saqlashga qaratilgan.
Qoraqalpog‘iston yaylovlarining yangi raqamli ma’lumotlar bazasi respublika yaylov ekotizimlarining iqtisodiy, ekologik va zootexnikaviy ahamiyatini zamonaviy baholash, ulardan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirishda muhim qadamdir.
Diyora YUSUPALIYEVA,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring