Xiaomi oʻz smartfonlarida Google xizmatlari oʻrnatilishini taqiqladi

13:52 04 Fevral 2021 Dunyo
917 0

Xitoy korporatsiyasi vakillari Google dasturlarini smartfonlarga oʻrnatish imkonsizligi haqidagi xabarni tasdiqladi.

“Buning ajablanarli joyi yoʻq, chunki Xitoydagi aksariyat qurilmalar Google Media Services (GMS) ni qoʻllab-quvvatlamaydi, chunki kompaniya xizmatlari mamlakatda taqiqlangan”, deb taʼkidlagan nashr mualliflari.

Kompaniya Google xizmatlarini oʻrnatib boʻlmaydigan qurilmalar roʻyxatini oshkor qilmadi. Biroq, baʼzi foydalanuvchilar bunday modellarga Redmi K30 Ultra va Redmi 10X 5G kiradi, deb xabar berishdi. Cheklovlar Xitoyga sotiladigan qurilmalarga nisbatan qoʻllaniladi va boshqa mintaqalardagi foydalanuvchilar oʻz qurilmalariga Google xizmatlarini oʻrnatishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер