“Wizz Air” Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirdi
2023-yil 26-martdan Vengriyaning “Wizz Air” loukoster aviakompaniyasi Abu-Dabi — Samarqand — Abu Dabi yoʻnalishi boʻyicha parvozlar chastotasini oshirdi.
Parvozlar Airbus A320/A321 samolyotlarida haftasiga toʻrt marta — seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Ilgari aviatashuvchi ushbu yoʻnalishda haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirgan.
Shuningdek, 2023-yil 18-apreldan boshlab “Wizz Air” Toshkentga parvozlar chastotasini oshirishni rejalashtirilmoqda: reyslar har kuni amalga oshiriladi. Ayni paytda aviakompaniya Oʻzbekiston poytaxtiga haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlarni amalga oshirmoqda.
“Wizz Air” 2003-yilda tashkil etilgan Vengriyaning loukoster aviakompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Budapeshtda joylashgan. 2022-yil iyul holatiga koʻra “Wizz Air” aviaparki oʻrtacha yoshi 5,3 yil boʻlgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring