WhatsAppʼda yangi funksiya paydo boʻladi
WhatsApp messenjeri yaqin kunlar ichida foydalanuvchilariga yuborilgan xabarlarni avtomatik oʻchirib tashlash imkoniyatini taqdim etadi. WABetaInfo manbasi xabariga koʻra, funksiya yangi ilova versiyasi tarkibidan joy olgan.
Hozirgi yangilangan versiyada “Yoʻqolib ketadigan xabarlar” funksiyasi “Xabarlarni oʻchirish” funksiyasiga almashtiriladi, lekin hozir bu borada ishlov berish ishlari davom etyapti. Uning yordamida foydalanuvchilar xabar oʻchiriladigan vaqtni ham belgilashlari mumkin – bir soat, bir kun, hafta, oy yoki yildan soʻng... kabi.
Mazkur vazifani messenjer menyusidagi aloqalar haqidagi maʼlumotlar yoki guruh chatini sozlash qismiga oʻtish orqali qoʻshish mumkin.
Iyul oyida WhatsApp foydalanuvchilarni veb-versiyani ishlatishda smartfonga qaramlikdan ozod qilishini maʼlum qilgandi. Odatda kompyuterda messenjerga ulanish uchun telefon doim tarmoqda turishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring