Buxoro viloyatida 2 ta yirik shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun “ACWA Power” kompaniyasi va OTB oʻrtasida 174 mln. dollarlik zayom bitimlari imzolandi
Buxoro viloyatining Gʻijduvon va Peshku tumanlarida 2 ta yirik shamol elektr stansiyasini qurish loyihalarini amalga oshirish doirasida Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 174 million AQSH dollari miqdorida zayom bitimlari imzolandi.
Mazkur stansiyalarda umumiy quvvati 1 GVt boʻlgan 158 ta shamol trubinalari oʻrnatish orqali yiliga 3,6 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ushbu stansiyalar ishga tushirilgandan soʻng Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik shamol energiyasi loyihasiga aylanadi.
Maʼlumot uchun: 2 ta shamol elektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida yiliga 1, 1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga va atmosferaga 1 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinishiga erishiladi.
Mazkur elektr stansiyalar 2024-yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring