Vladimir Norov Tashqi ishlar vaziri lavozimiga maʼqullandi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Joriy yilning 9-sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Vladimir Norov nomzodini koʻrib chiqdilar va maʼqulladilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring