Viloyat hokimi yoshlar bilan uchrashdi

18:35 30 Dekabr 2022 Jamiyat
833 0

Urganch shahridagi Yoshlar markazida Xorazm viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʻrabek Rahimovning yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Viloyat rahbari yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar xususida toʻxtalib, tadbir ishtirokchilarini rasmiyatchilikdan xoli boʻlish, ochiq va oshkora muloqot qilishga chaqirdi.

Juda samimiy ruhda oʻtgan ochiq muloqotda yoshlar oʻzlarining gʻoyalari, takliflarini bildirdilar, muammolari yechimida amaliy yordam soʻradilar. Yoshlar tomonidan koʻtarilgan masalalarning bir qismi shu joyning oʻzida yechimini topdi. Uchrashuv yakunida bir guruh faol yoshlarga viloyat hokimining tashakkurnomasi va sovgʻalari topshirildi.

 

Odilbek Odamboyev “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер