Vengriya parlamenti Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlishiga qarshi ovoz berdi

20:59 10 Mart 2026 Dunyo
562 0

Vengriya parlamenti Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qabul qilishga qarshi rezolyutsiya qabul qildi, deb xabar bermoqda TASS.

Hujjatni 142 nafar deputat qoʻllab-quvvatladi, 28 nafari qarshi ovoz berdi, 4 nafari esa betaraf qoldi.

Rezolyutsiya hukmron “FIDES — Vengriya fuqarolik ittifoqi” partiyasi fraksiyasi tomonidan taklif etilgan. Garchi hujjat tavsiyaviy xarakterga ega boʻlsa-da, Vengriya hukumati YI bilan boʻladigan keyingi muzokaralarda aynan deputatlarning ushbu pozitsiyasiga asoslanib ish yuritish niyatida.

Hujjatda Vengriya Ukrainani Yevropa Ittifoqiga shoshilinch qabul qilinishiga qarshi ekani qayd etilgan. Bunga sabab sifatida mamlakatda urush ketayotgani va uning ittifoqqa qoʻshilishi Yevropaning Rossiya bilan bevosita toʻqnashuviga olib kelishi mumkinligi koʻrsatilgan.

Rezolyutsiyada hukumat Ukrainadagi urushni tartibga solish boʻyicha xalqaro tinchlik saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga chaqiriladi. Shuningdek, hujjatda Ukrainaga harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin boʻlgan qurol-yarogʻ va mablagʻlarni yuborishdan tiyilish soʻralgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер