Vaziyat tobora murakkablashmoqda — SSV

10:20 09 Yanvar 2022 Jamiyat
1358 0

Kecha yurtimizda qariyb 370 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Pandemiya boshidan buyon jami kasallanganlar soni 200 mingdan oshdi.

SSV xabariga koʻra, 2022-yil 8-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200341 (+369) nafarni tashkil etmoqda.

Kasallikdan sogʻayganlar jami 197073 (+121) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1494 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер