Vazirlik va idoralar oʻrtasidagi Mustaqillik kubogi yakuniga yetdi
Ilk bor oʻtkazilgan Mustaqillik kubogi keskin kurashlarga boy oʻtdi. Buni har uchala sovrinli oʻrin egalarining qoʻshimcha savollar orqali aniqlanganidan ham koʻrish mumkin.
Ellikka yaqin jamoa qatnashgan musobaqada quyidagi jamoalar sovrinli oʻrinlarni egalladi:
1-oʻrin: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
2-oʻrin: AOKA Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi;
3-oʻrin: Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi.
Gʻolib jamoalar diplom va medallar hamda smart televizorlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, musobaqada 1-oʻrinni egallagan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasiga maxsus tayyorlangan Mustaqillik kubogi topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring