Vazirlik, idoralar, hokimliklarning kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari masʼullari bilan muloqot tashkil etildi

15:34 05 Dekabr 2023 Jamiyat
687 0

Bugun Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Otabek Xasanov vazirlik va idoralar, hokimliklarning kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari rahbarlari bilan muloqot qildi. Onlayn tartibda tashkil etilgan uchrashuvda sohaga oid bir nechta masalalar tanqidiy-tahliliy koʻrildi.

Muloqot avvalida davlat boshqaruvini sifat jihatdan yanada yaxshilash, davlat xizmati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirayotgan ishlar, oʻzgarishlar “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida»gi qonun ijrosini taʼminlash, negizida xalqimizga sifatli xizmat koʻrsatish masalasi borligi taʼkidlandi.

Shundan soʻng, sohaga oid qator masalalar yuzasidan mavjud holat tahlil qilindi:

hrm.argos.uz elektron platformasida xodimlarning maʼlumotlarini toʻliq kiritish, qisqa muddatda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish;

Belgilangan koʻrsatkichlar asosida vazirlik va idoralarning inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini baholash reytingini shakllantirish;

Davlatimiz rahbari koʻrsatmasi asosida joriy yilning 7-sentyabrdan boshlanadigan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi boʻyicha oʻquvlarni sifatli tashkil etish, mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilariga yetkazish;

Vazirlik va idoralarda davlat fuqarolik xizmatchilarining sifat tarkibini oʻrganish;

Vazirlik, idora va hokimliklardagi talabgor yoʻnalishlar uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda maqsadli kvota belgilash.

Har bir yoʻnalishdagi mavjud holat misollar yordamida tanqidiy-tahlil qilindi. Sohani rivojlantirishda, davlat xizmati jozibadorligini oshirishda kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari vakillarining oʻrni alohida ekanligi yana bir bor taʼkidlandi.

Qisqa muddat ichida yuqorida koʻrsatilgan masalalar ijrosini sifatli taʼminlash boʻyicha koʻrsatma berildi. Shuningdek, samaradorligi yuqori “kadrovik”lar ragʻbatlantirilib borilishi bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер