Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 1,1 mln kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi.
Ushbu stansiya Prezidentimiz raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring