Vatan taraqqiyotiga mening hissam

19:01 14 Dekabr 2023 Jamiyat
1901 0

Foto: Xalq soʻzi

Qarshi shahridagi Maʼnaviyat maskanida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” mavzusidagi respublika tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi tomonidan tashkil etilgan tanlovda 15 yoshdan 30 yoshga boʻlgan ijodkorlar “Tasviriy va amaliy sanʼat”, “Adabiyot va publitsistika” hamda “Milliy maqom va milliy estrada” kabi uchta yoʻnalishda bellashishdi. Ularning mahorati har bir yoʻnalish boʻyicha hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, adabiyot va publitsistika yoʻnalishida Muborak tumanidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi Bibigul Adiyeva, “Tasviriy va amaliy sanʼat” yoʻnalishida Kasbi tumanidagi 14-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi Dilnoza Qilichova, “Milliy maqom va milliy estrada” yoʻnalishida esa Qarshi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻquvchisi Jasmina Sheraliyeva gʻolib deb topildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan va turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер