Vatan himoyasi — muqaddas burch

12:11 30 Dekabr 2024 Jamiyat
809 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Markaziy harbiy Okrugga qarashli harbiy qismda maktab oʻquvchilari, harbiy xizmatchilar ishtirokida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan jangovar qurollar va harbiylar hayoti bilan tanishish tadbiri tashkil etildi.

Yosh avlod vakillari avvalo, harbiy qism, harbiylarning yashash sharoiti, bu yerda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, harbiy qurollarning tarixi, urush oqibatlaridan tortib, zamonaviy armiyaning shakllanishi, bugungi salohiyati haqida hikoya qiluvchi koʻrgazmalar, mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan soʻng Markaziy harbiy Okrug jamoatchilik kengashi aʼzolari, faxriylar, harbiylar hamda 54-umumtaʼlim maktabi, 1-son ixtisoslashtirilgan maxsus litsey-internat oʻquvchilari, viloyat ijodkorlari ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Unda Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashining Samarqand mintaqaviy boʻlinmasi raisi oʻrinbosari, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bӯlimi rahbari, shoir Toshpoʻlat Tugalov, Markaziy harbiy Okrug faxriylar kengashi raisi Shodmon Azizov, podpolkovnik Rashid Sherov, shoir Zubaydulla Ibragimov va zobitlar soʻz olib, mamlakatimizda oʻtkazilayotgan vatanparvarlik oyligining mohiyati, tinchlik va xavfsizlik, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, turli xuruj va oqimlarga qarshi murosasiz kurashish, ajdodlarimizning ibratli jasorati borasida oʻz fikrlarini bildirishdi.

Keksa avlod vakillari oʻz hayotiy tajribalari asosida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻrtasida mushoira tashkil etilib, vatanparvarlik, tinchlik, harbiylik kasbini ulugʻlovchi qoʻshiqlar ijro etildi. Esdalik uchun suratlarga tushildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер