Vaqt boy berayotgan yoshlar

12:49 19 Iyun 2022 Jamiyat
481 0

Foto: Illustrativ surat

Bugun hayotimizni telefon va internetsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Telefondan avval aloqa vositasi sifatida foydalanilgan boʻlsa, hozir deyarli “qoʻl komputer”ga aylanib ulgurgan. Unda gar qanday ishni qilsa boʻladi. Biroq telefonlarning rusumi koʻpayib takomillashgani sari yangilikka oʻch yoshlarning eʼtiborini koʻproq jalb qilmoqda. Natijada, keng imkoniyatga ega boʻlayotgan telefonlardan ayrim yoshlarimiz esa notoʻgʻri maqsadda foydalanayotir. Ularning hayotiga telefonlar butunlay kirib ulgurgan. Keyingi paytlarda telefon oʻyinlari bilan kun qanday oʻtganini bilmayotgan yoshlar oramizda koʻpayib bormoqda. Hatto telefonda pul ishlash oʻyinlariga berilib qancha pulini yutqazib qoʻyayotgan yoshlar ham bor.

Bola tarbiyasi dehqonning dalaga urugʻ sochishi va hosilni kutishiga oʻxshaydi. Uyimizda katta boʻlayotgan bolalarning ertaga hayotga qanday tayyor boʻlishi bugungi tarbiyamizga bogʻliq. Bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Telefon oʻyinlariga tafakkurini, qalbini, diqqatini berib, qancha pul yutqazib qoʻyganini bilmay qoladigan bola jamiyatga nima naf keltirishi mumkin? Shuni ham bir oʻylab koʻraylik. Hamma narsaning meʻyori bor va boʻlishi kerak. Mayli, oʻzlarining tafakkuriga oziq boʻluvchi oʻyinlarini oʻynasin, axborot-texnologiyalaridan uzoq ketmasin, aqlini ham toʻldirsin, faqat chegarasi bilan. Axir oldinda oʻqishimiz kerak boʻlgan kitoblar ham koʻp.

Sevinch Mamayusupova, OʻzDJTU talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер