Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

13:30 15 Yanvar 2024 Jamiyat
328 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.O. fuqaro S.X.ga jami 4 500 AQSH dollarini 55,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 105 ming Rossiya rubli va 70,3 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan B.Sh. va Sh.N. fuqaro E.S.dan jami 3 500 AQSH dollarini 43 mln soʻmga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер