Valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Х.М. va Б.А. jami 6 000 AQSH dollarini 74,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, Х.М.нинг boshqaruvidagi “Nexia 3» rusumli avtotransport vositasidan 31 315 AQSH dollari va 3,3 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Р.Б. jami 3 500 AQSH dollarini fuqaro А.А.дан 43,5 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring