Valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi

14:05 19 Yanvar 2024 Jamiyat
546 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.B., N.T. va E.M. fuqaro A.A.ga jami 5 000 AQSH dollarini 62,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan 17,7 mln soʻm, 5 000 rossiya rubli va 25 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Qiziltepa tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan B.X. jami 6 000 AQSH dollarini fuqaro N.F.ga 74,7 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 3 300 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday Navoiy shahrida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan F.Q. fuqaro Sh.H.ga jami 5 500 AQSH dollarini 68,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер