Vakillarimiz xalqaro koʻrgazmada ishtirok etmoqda

17:14 11 Oktyabr 2019 Jamiyat
1068 0

Germaniyaning Myunxen shahrida aeroportlarga xizmat koʻrsatish sohasidagi “Inter Airport Europe — 2019” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Koʻrgazmada butun dunyodan 500 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etyapti.

22-marotaba tashkil etilgan koʻrgazma havo transporti texnikasini rivojlantirish, aeroport va terminallar uchun uskunalar, aerodromlarda ishonchlilik va xavfsizlik, samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish kabi masalalarni qamrab olgan. Uning doirasida aeroport faoliyatining dolzarb masalalari boʻyicha seminar va davra suhbatlari ham tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirda Transport vaziriligi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер