Vayron boʻlgan Gʻazoning tiklanishiga 5-7 yil kerak boʻladi — HAMAS

13:20 09 Fevral 2025 Dunyo
331 0

HAMAS harakati vakili Sami Abu Zuhriyning maʼlum qilishicha, agar Gʻazo sektoriga kirishning xavfsizligi taʼminlansa hamda hudud toʻlaqonli qoʻllab-quvvatlansa vayron boʻlgan hududlarning toʻliq tiklanishiga 5 yildan 7 yilgacha vaqt ketadi. Bu haqida u “Hurriyet” gazetasiga bergan intervyusida gapirib oʻtgan.

Harakat vakilining soʻzlariga koʻra, vayron boʻlgan hududlar ostidan halok boʻlganlarning jasadlarini olib chiqish hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlayotgan tibbiy va texnik jihozlar Isroil hukumatining taqiqlari sabab Gʻazo sektorigacha yetib bormagan.

“Isroil Gʻazo aholisiga shu yoʻl bilan bosim qilmoqda. Agar kerakli amaliyotlarning bajarilishiga toʻsqinlik qilinmasa, chegaralar ochilib, barcha kerakli jihozlar kamchiliklarsiz yetib kelsa, Gʻazo sektorining tiklanishi 5-7 yil ichida yakunlanishi mumkin”, — deydi u.

Bundan tashqari, HAMAS vakili Donald Trampning Gʻazoga qoʻshin joylashtirishi haqidagi fikriga ham munosabat bildirgan.

“Tramp bu soʻzlarni jiddiy aytmadi deb, umid qilamiz. Biz Isroil bosqinidan ozod boʻlish uchun yillar davomida kurashdik. Hududimizni yana bir bor ishgʻol qilinishiga yoʻl qoʻymaymiz. Trampning bayonotlari adolatsiz va haqoratdan boshqa narsa emas”, — deydi Sami Abu Zuhriy.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер