Vagit Alekperov «Lukoyl»dan ketishiga nima sabab boʻlgani ochiqladi
Foto: РИА «Новости»
Rossiyaning «Lukoyl» neft kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperov korxona rahbari lavozimidan ketishini unga nisbatan qoʻyilgan sanksiyalar bilan izohladi.
«Buyuk Britaniya va Avstraliya sanksiyalari menga nisbatan joriy qilinganini hamma biladi. Shuning uchun bu kompaniyaning bugungi rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda. Sanksiyalar «Lukoyl»ga emas, shaxsan menga tegishli», deydi Alekperov.
Tadbirkor Rossiyada qolishini, ketish niyatida emasligini va ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirayotganini aytib oʻtdi.
Kecha ayrim OAVda «Lukoyl» direktorlar kengashi Vadim Vorobyevni kompaniya rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar tarqatdi. U 20 yildan beri ushbu kompaniyada ishlab kelgan. Tayinlovga qadar Vorobyev birinchi vitse-prezident vazifasini bajargan va «Lukoyl» boshqaruvi aʼzosi boʻlgan.
«Lukoyl» matbuot xizmati 21-aprel kuni kompaniyasi asoschisi va prezidenti Vagit Alekperov 29 yillik mehnat faoliyatidan soʻng direktorlar kengashi tarkibidan chiqishini hamda kompaniya rahbari lavozimini tark etishini maʼlum qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring