Uzunda qoʻlbola 28 ming 585 dona spirtli ichimliklarning isteʼmolga chiqarilishining oldi olindi

13:35 17 Fevral 2025 Jamiyat
223 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Uzun tumanida isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotish bilan bogʻliq noqonuniy faoliyat fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida B.O. ismli fuqaro tomonidan omborxonada noqonuniy saqlanayotgan spirtli ichimliklar aniqlandi.

Huquq-tartibot organlari tekshiruvi davomida “Boʻston” mahallasida joylashgan “Sh.S.” MCHJga qarashli omborxonada sifatsiz va isteʼmolga yaroqsiz 13 turdagi jami 28 ming 585 dona spirtli ichimliklar saqlanayotgani maʼlum boʻldi. Ushbu mahsulotlarning sifati tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan. Mahsulotlarning umumiy bahosi 721 million soʻm ekani qayd etildi.

Omborxonada noqonuniy saqlangan barcha spirtli ichimliklar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur noqonuniy faoliyatning oldi olinishidan koʻzlangan asosiy maqsad – aholining sogʻligʻini himoya qilish, sifatsiz va noqonuniy mahsulotlarning bozorga kirib kelishining oldini olish hamda mamlakatda qonuniy iqtisodiy muhitni taʼminlashdir. Huquq-tartibot organlari spirtli ichimliklarning noqonuniy ishlab chiqarilishi va tarqalishiga qarshi kurashni davom ettirishini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер