Uzoq tanaffusdan soʻng Bishkek — Toshkent — Bishkek yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz amalga oshirildi

10:43 05 Mart 2022 Jamiyat
519 0

Qirgʻizistonning “Air Manas” aviakompaniyasi bugun uzoq tanaffusdan soʻng Bishkek — Toshkent — Bishkek yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshirdi.

Xususan, 4-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:05 da “Air Manas” aviakompaniyasining samolyoti Toshkent aeroportiga qoʻndi. 

Anʼanaga koʻra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Oradan bir soat oʻtib, soat 11:15 da samolyot bortida 144 nafar yoʻlovchi bilan Toshkent — Bishkek yoʻnalishi boʻyicha joʻnab ketdi.

Mart oyi davomida parvozlar dushanba va juma kunlari charter asosida amalga oshiriladi. Yozgi jadvalga oʻtish munosabati bilan “Air Manas” aviakompaniyasi Bishkek —Toshkent — Bishkek yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovlarga oʻtishga umid qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, aviatashuvchi Oʻzbekistonga deyarli ikki yil davomida parvoz qilmagan — 2020-yilda pandemiya sababli parvozlar toʻxtatilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер