“Uzbekistanʻs club” roʻyxatdan oʻtkazildi
Adliya vazirligi tomonidan “Uzbekistanʻs club” nodavlat notijorat tashkiloti qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.
Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan xorijdagi oʻzbekistonliklar bilan ishlash, ular haqidagi sifatli media mahsulotlar yaratib, targʻib qilish, shuningdek, xorijiy davlatlardagi oʻzbekistonliklarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish, ularning Oʻzbekiston bilan aloqalarini mustahkamlash orqali milliy diasporamiz salohiyatini hamda ularning Oʻzbekiston taraqqiyotiga qoʻshadigan hissasini oshirishdan iborat.
Shuningdek, tashkilot xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan oʻzbekistonliklar bilan aloqa oʻrnatilishiga erishish, dunyo boʻylab turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan oʻzbekistonliklar haqida eksklyuziv va yuqori sifatli audiovizual asarlar yaratish, dublyaj qilish va dunyo hamjamiyatiga taqdim etish, xorijdagi oʻzbekistonliklar bilan doimiy muloqot maydonini yaratish maqsadida elektron platforma, mobil ilova, bosma nashrlar kabi turli internet va media vositalarini tashkil etish, xorijdagi oʻzbekistonliklarni yurtimiz tarixi, madaniyati, oʻzbek tili va adabiyoti, buyuk ajdodlarimizning boy madaniy merosi va dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtirib borish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirishni oʻz oldiga maqsad qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring