“Uzbekistan GTL” jahon energetika sanoatining nufuzli mukofotiga nomzodlar qatoridan joy oldi

11:48 13 Oktyabr 2022 Jamiyat
445 0

Foto: Xalq so‘zi

“Uzbekistan GTL” zavodi jahon energetika sanoatining eng nufuzli mukofoti - “2022 Platts Global Energy Awards” uchun AQSHning “S&P Global” hayʼati tomonidan «Uglevodorodlarni qayta ishlash sohasi va kimyo sohasidagi ulkan yutuqlari uchun” nominatsiyasida nomzod sifatida tanlandi.

Ahamiyatlisi, “Uzbekistan GTL” zavodi bilan birga Xitoyning “China Gas Holdings”, Lyuksemburgning “Clariter”, Hindistonning “Hindustan Petrolium Corporation” va “Indian Oil Corporation”, AQSHdagi “Kiewit”, “United Energy Trading”, “Valero Energy Corporation” kabi dunyoga mashhur korxonalar ham nomzodlar qatoridan oʻrin olgan.

— Dunyoda neft-gaz va energetika sohasidagi eng nufuzli mukofotning final bosqichida ishtirok etish biz uchun juda faxrlidir, — deydi “Uzbekistan GTL” zavodi bosh direktori Faxritdin Abdurasulov. — Zavodimiz jamoasi mazkur nominatsiya gʻolibi sifatida eʼtirof etilishimizni intiqlik bilan kutishmoqda. Albatta, bu jamoamizning har bir aʼzoga iftixor bagʻishlaydi. Qolaversa, bunday nufuzli mukofotni qoʻlga kiritish zavodimizning qisqa muddatdagi faoliyati uchun tarixiy bir voqea boʻladi.

Mukofot gʻoliblari “S&P Global” tomonidan joriy yilning 8-dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida oʻtkaziladigan taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер