Uzbekistan Airways Namangan — Nijnevartovsk — Namangan yoʻnalishida birinchi aviaqatnovni amalga oshirdi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “Sharqiy xab” doirasida Namangandan parvozlar geografiyasini kengaytirmoqda.
Joriy yilning 31-mart kuni aviakompaniya Namangan — Nijnevartovsk — Namangan yoʻnalishida ilk parvozni amalga oshirdi.
Endilikda Namangandan Rossiyaning Nijnevartovsk shahriga muntazam aviaqatnovlar bir marotaba – haftaning juma kunlari amalga oshiriladi.
— Namangandan uchish mahalliy vaqt bilan (Namangan) soat 16:00 da
— Nijnevartovskga kelish mahalliy vaqt bilan (Nijnevartovsk) soat 19:45 da
— Nijnevartovskdan uchish mahalliy vaqt bilan (Nijnevartovsk) soat 21:45 da
Namanganga kelish mahalliy vaqt bilan (Namangan) ertasi kuni soat 01:35 da.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring