Uzbekistan Airways xorij fuqarolariga koronavirus tufayli ayrim parvozlar uchun chiptalarni jarima toʻlovisiz qaytarib berilishini maʼlum qildi
Oʻzbekiston Respublikasiga bir qator mamlakatlardan kelgan yoʻlovchilar kirib kelishi boʻyicha oʻrnatilgan cheklovlar tufayli 2020-yilning mart-aprel oylarida Parij, London, Frankfurt, Tel-Aviv, Bangkok, Kuala-Lumpurdan boʻlgan Uzbekistan Airways qatnovlari orqali Oʻzbekistonga safarini rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun aviachiptalarni jarima toʻlovisiz qaytarish imkoniyati taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekistonga Singapur, Gonkong, Makao, Tayvan orqali keluvchi yoʻlovchilarga ham chiptalar jarimasiz qaytarilishi qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring