Sofiyada O‘zbekiston – Bolgariya savdo uyi ochildi
Sofiya shahrida O‘zbekiston-Bolgariya savdo uyi ochildi. Bu haqda mamlakatimiz Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, uning bazasida o‘zbek ishbilarmonlari tovarlari shou-rumi ham faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston tomonidan “Uztrade” AJ va mezbonlar tarafdan MBI Engineering Ltd kompaniyasi mazkur savdo uyi ta’sischilari bo‘ldi.
Savdo uyi Bolgariya bozoriga mahsulotlar eksporti hajmini ko‘paytirish, bu yerdagi pozitsiyani mustahkamlash, ikki tomonlama aloqalarni izchil va ko‘p qirrali rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring