Urush faxriylari holidan xabar olindi
Foto: Mudofaa vazirligi
Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida harbiy xizmatchilar tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mustaqilligimizni taʼminlash yoʻlida jon fido qilgan yurt oʻgʻlonlarining yaqinlari, mehnat faxriylarining holidan xabar olinmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Oltiariq va Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi urush faxriylari xonadonlariga tashrif buyurildi. Yoʻqlovga kelgan harbiy xizmatchilar tomonidan nuroniylar birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga zarur boʻlgan dori vositalari tarqatildi.
Oʻzaro suhbat davomida faxriylar oʻzlarining hayot yoʻllarini xotirlab, hozirgi tinchlikni qadriga yetish, shukronalik keltirish zarurligi haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdi. Harbiy xizmatchilarning tashrifidan mamnunligini aytib, yurtimiz tinchiligi abadiy boʻlsin, deya qoʻllarini duoga ochdi.
Bunday yoʻqlov tadbirlari “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!» shiori ostida oʻtkazilib kelinayotgan vatanparvarlik tadbirlari bilan bir qatorda oʻtkazilib kelinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring