Urgutda 62 metrli bayroq qad rostladi
Mamlakatimizning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Urgut tumanidagi Jartepa chegara posti yaqinida balandligi 62 metr boʻlgan davlatimiz bayrogʻi qad rostladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu bayroq qad koʻtarilishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida tuman hokimligi, nuroniy otaxonu-onaxonlar soʻzga chiqib, tuman ahlini muborakbod etishdi.
Shuningdek, tadbir davomida urgutlik yoshlar ishtirokida velomarafon oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring