Urganchda yangi kitob doʻkonlari ochildi
Arxiv foto
Xorazm viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan kitob doʻkonlari soni yana 2 taga koʻpayib, jami 40 taga yetdi. Urganch shahrining gavjum koʻchalari kesishmasida zamonaviy uslubda barpo etilgan kitob doʻkonlari foydalanishga topshirildi.
— Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning toʻrtinchisi, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan,— deydi tadbirkor Quvondiq Abdullayev. — Shu bois, tadbirkorlik faoliyatimni mazkur yoʻnalishda tashkil etishga qaror qildim.Shu kungacha barpo etgan 3ta kitob doʻkonim xaridorlar bilan gavjum va aholiga buyurtmalar asosida zarur kitoblarni yetkazib beryapmiz.Yangi foydalanishga topshirilgan doʻkonlar oliy oʻquv yurtlari hamda umumtaʼlim maktablari joylashgan hududda boʻlib, asosiy mijozlarimiz talabalar va oʻquvchilardan iborat.
Odilbek Odamboyev
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring