Urganchda “Toʻsiqlar” loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi
Foto: Xalq so‘zi
Urganch shahridagi “Karavan” mehmonxonasida YUNISEF va “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamkorligida “Toʻsiqlar” loyihasining taqdimoti oʻtkazildi.

Hududiy taqdimot mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil qilingan seminar bilan boshlandi. Unda inklyuziv hamjamiyatlarni shakllantirishda, nogironligi boʻlgan bolalar manfaatlarini himoya qilishda OAV roli muhokama qilindi.
Taqdimot doirasida nogironligi boʻlgan bolalar inklyuziyasi mavzusidagi ijtimoiy roliklar premyerasi ham boʻlib oʻtdi. Tadbirda YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, Ruminiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Kristian Chobanu ishtirok etdi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring