Universitet rektorining yugurganicha bor…

07:37 01 Mart 2022 Jamiyat
1211 0

Foto: Халқ сўзи

Qashqadaryo viloyatida har yili anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Hokim kubogi” futbol musobaqasi tobora ommalashib, respublika miqyosida qiziqish ortib bormoqda. Joriy yilda Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun oʻtkazilgan ushbu musobaqada Toshkent va Samarqand shaharlaridan ham yosh futbolchilar ishtirok etgani buning isbotidir.

10 ta jamoa oʻrtasida kechgan qizgʻin bahslarda final yoʻllanmasini Qarshi davlat universitetining “Lochin” va «Mikrokreditbank» (Toshkent) jamoalari qoʻlga kiritishdi. Final bahsida esa jamoalar kuchi teng keldi - 5:5. Va nihoyat murosasiz oʻyinda penaltilar seriyasida QarDUning “Lochin” jamoasi gʻoliblikni egalladi.

Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyevning oʻyin maydoni boʻylab quvonchdan yugurganicha bor. Chunki bu gʻalaba juda qiyinchilik bilan qoʻlga kiritildi. Futbol ixlosmandlari uchun ikki jamoa chinakam oʻyin koʻrsatdi. Ming bir mashaqqat bilan qozonilgan gʻalaba hayajoni mutasaddini beixtiyor shunday quvonishga undagan boʻlsa, ne ajab!

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер