“United Airlines“ aviakompaniyasi dasturiy taʼminotdagi nosozlik tufayli parvozlarni toʻxtatgani aytilmoqda

15:43 01 Oktyabr 2023 Dunyo
1057 0

Xabarlarda yozilishicha, “United Airlines“ aviakompaniyasining parvozlari ”tizim miqyosidagi texnologiya muammosi” tufayli Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanada boʻylab ixtiyoriy ravishda toʻxtatilgan.

“Biz tizim miqyosida texnologiya muammosiga duch kelyapmiz va barcha samolyotlarni uchish aeroportlarida kechiktirmoqdamiz”, dedi “United Airlines“ rasmiylari.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, parvozning toʻxtatilishiga uskunaning toʻxtab qolishi sabab boʻlgan. Baʼzi Amerika manbalari aviakompaniya tizimidagi kompyuter nosozliklari haqida xabar berishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер