UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

22:55 04 Oktyabr 2023 Jamiyat
532 0

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadega “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishonini topshirdi.

Soʻnggi yillarda vazirlik va UNICEF oʻrtasida qator samarali hamkorlik ishlari olib borildi. Jumladan, oʻquv dasturlarini zamon talablariga moslashtirish, soha infratuzilmasini rivojlantirish, maktablarga yangi oʻqitish metodlarini joriy etish boʻyicha koʻplab loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish borasida oʻzaro ish rejalari ishlab chiqildi va birgalikdagi hamkorlik loyihalar yoʻlga qoʻyildi.

Vazir Hilola Umarova Munir Mamedzadega ushbu mukofotni topshirar ekan, yurtimizda taʼlim sohasida olib borayotgan masʼuliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 998-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida»gi Nizom talablariga asosan, ushbu koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер