UNICEF: Afg‘onistonda yosh bolalar oila qurishi ko‘paymoqda

01:34 14 Noyabr 2021 Dunyo
1649 0

UNICEF maʼlumotlariga koʻra, Afgʻonistonda yosh bolalar nikohi koʻpaygan. Bu haqda tashkilot ijrochi direktori Genrietta Fore ma'lum qildi.

"Men Afg‘onistonda yosh nikohlar soni ortib borayotgani haqidagi xabarlardan qattiq xavotirdaman... Biz oilalar qizlarini 20 kunlik muddatda mahr evaziga turmushga berishni taklif qilayotgani haqida ishonchli xabarlarni oldik”, dedi Fore.

UNICEF Afg‘onistonda erta turmush qurish kabi keng tarqalgan hodisa oiladagi zo‘ravonlik va ayollarga nisbatan kamsitishlarga, natijada psixologik muammolarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan afg‘on ayollarining 28 foizi 18 yoshgacha turmushga chiqqan.

Tashkilot, shuningdek, Afg'oniston hukumatini eng zaif afg'on oilalarini qo'llab-quvvatlash va himoya qilishga yordam berishga chaqiradi, chunki Afg'onistondagi noqulay iqtisodiy vaziyat tobora ko'proq oilalarni qizlarni erta turmushga berishga yoki bolalarini ishga yuborishga majbur qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер